Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi va Neymar Yevropa Millatlar ligasida to‘p surishi mumkin

Messi va Neymar Yevropa Millatlar ligasida to‘p surishi mumkin

Foto: Championat.com / Sport-Ekspress / RIA Novosti Sport

Yevropa Millatlar ligasi Yevropa va Janubiy Amerika o‘rtasidagi mini jahon chempionatiga aylantirilishi mumkin. Bu haqda UEFA vitse-prezidenti Zbignev Bonekka asoslanib «Meczyki» portali xabar berdi.

Yevropalik futbol mutasaddilari FIFA Jahon chemionatini har ikki yilda o‘tkazish taklifini rad etganidan so‘ng shunday qarorga kelishgan. UEFA KONMEBOL bilan hamkorlik qilib, turnirga Janubiy Amerika terma jamoalarini taklif qilmoqchi.

Janubiy Amerikaning olti jamoasini A ligasiga, to‘rttasini B ligasiga qo‘shish rejalashtirilgan. Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Urugvay, Chili va Peru A ligasida, Boliviya, Ekvador, Paragvay va Venesuela B ligasida qatnashadi.

Tomonlar yaqin oylarda muzokaralarni boshlaydi. Barcha o‘yinlarni Yevropada o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Yevropa Millatlar ligasida qur’a tashlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring