Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi umrbod shartnoma uchun «Barselona»ga shart qo‘ydi

Messi umrbod shartnoma uchun «Barselona»ga shart qo‘ydi

Foto: «Skysports.com»

Argentinalik hujumchi Lionel Messi «Barselona» bilan umrbod bitim imzolash uchun o‘z shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi kataloniyaliklar rahbariyati bilan muzokara olib borish niyatida. Shu bois u klubning yangi prezidenti Joan Laporta bilan uchrashmoqchi. Messi klub rahbaridan aniq sport loyihasini talab qiladi. Uni «Barselona»ning Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish rejalari qiziqtiryapti. Qayd etilishicha, futbolchi mavsum yakuniga qadar bir qarorga keladi.

18-mart kuni Laporta Messiga umrbod shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bitimda argentinalik futbolchi faoliyatini tugatganidan so‘ng u bilan hamkorlik qilishni nazarda tutishi kerak.

2020-yil yozida Messi Kataloniya klubini tark etmoqchi bo‘lgandi. Biroq «Barselona» rahbariyati futbolchini jamoada qolishga ko‘ndira oldi. Amaldagi kelishuv muddati 2021-yilning yozida tugaydi. Uning qiymati qariyb 556 million yevroni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring