Messi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
Fransiya chempionatining 6-turida "PSJ"ning "Lion"ga qarshi o‘yinida Lionel Messi zaxiraga olingandi. Messining o‘sha paytda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, argentinalik hujumchi tizzasidan jarohatlangan. Shuning uchun bosh murabbiy Pochettino uni almashtirgan. Bundan norozi bo‘lgan Messi murabbiyning qo‘lini qisib qo‘yishni istamagandi.
Kecha Messi tonggi mashg‘ulotlarga ham bormagan. U kun bo‘yi sog‘lomlashtiruvchi mashqlar bilan shug‘ullangan. Pochettino uni maydondan olganini jarohatdan asragani bilan izohlagan.
Messi "PSJ" tarkibida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, hozircha birorta ham gol ura olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter