Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi birinchi o‘yinini «Reyms»ga qarshi o‘tkazishi mumkin

Messi birinchi o‘yinini «Reyms»ga qarshi o‘tkazishi mumkin

Foto: «Vesti»

Lionel Messi yangi jamoasi — «Pari Sen-Jermen» safida 29-avgust kuni debyut qilishi kutilyapti. O‘sha kuni parijliklar safarda Liga 1ning 4-turi doirasida «Reyms»ga qarshi to‘p surishadi.

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hozirda Messi formasini tiklayotganini aytdi.

«Leo yaxshi haftani o‘tkazdi. Navbatdagi uzoq hafta ham shunday muvaffaqiyatli o‘tsa, uning yaqin o‘yinda maydonga tushishi ehtimoli yuqori», — Pochettinoning so‘zlarini keltirmoqda «Sport-Ekspress».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring