Messi bir qarorga keldi
Fransiyaning PSJ klubi bilan yozda amaldagi kelishuvi yakuniga yetadigan Lionel Messi keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishi oydinlashdi.
L’Equipe nashriga ko‘ra, PSJ klubi argentinalik 35 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomani ikki yilga uzaytirib, Messi 2025 yilga qadar Parijda to‘p suradi. Qayd etilishicha, Lionelning maoshi oshiriladi. Yangi kelishuv haqida yaqin orada rasmiy xabar berilishi mumkin.
Avvalroq, Messi JCh-2022dan keyin qarorini o‘zgartirmoqchi ekani va faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, unga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi juda katta maoshli taklif tayyorlagandi.
Messi 2021 yildan beri PSJ sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum Fransiya chempionatida 15 o‘yinda 8 ta gol urib, 10 ta golli pasga mualliflik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter