Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi bilan Ronaldu kuchli uchlikka kira olishmadi

Messi bilan Ronaldu kuchli uchlikka kira olishmadi

Foto: «Tert.am»

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne, «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski va uning jamoadoshi darvozabon Manuel Noyer Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) talqiniga ko‘ra 2019-2020-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga da’vogarlik qilishmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, UYeFA eng yaxshi murabbiy bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini ham e’lon qildi: «Bavariya» ustozi Xans-Diter Flik, «Liverpul» boshlig‘i Yurgen Klopp va «Leypsig» bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann.

G‘oliblar 1-oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi paytida aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring