MDH va Markaziy Osiyoda tengsiz: O‘zbekiston olimpiadada qanday qatnashdi?

Tokio olimpiadasida O‘zbekiston jami 5 ta medal (3 ta oltin, 2 ta bronza) qo‘lga kiritdi. Bu dunyoda 32-o‘rin sanaladi.
Markaziy Osiyoda 1-o‘rin. Sababi bizdan boshqa birorta davlat oltin medal ololmadi. Qozog‘iston (83) kumush ham ololmadi. Tojikiston umuman medal olmadi.
Turkiy tilli davlatlar orasida 1-o‘rin. Turkiya (35) ham O‘zbekistondan orqada.
MDH davlatlari orasida 1-o‘rin. Olimpiya qo‘mitalari orasida esa 2-o‘rin. Chunki bizdan oldinda bo‘lgan Rossiya xalqaro cheklov sabab (5) davlat sifatida emas, Olimpiya qo‘mitasi sifatida qatnashdi.
Musulmon davlatlari orasida 2-o‘rin. Peshqadam Eron ham aslida biz kabi 3 ta oltin va 2 ta bronza olgan, faqat kumush medallariga hisobiga bizdan biroz oldinda.
Osiyo davlatlari orasida 5-o‘rin. Bizdan oldinda Xitoy (2), Yaponiya (3), J.Koreya (15) va Eron (27). Sport gigantlari xullas. Hindistonning oltinlari atigi bitta bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter