Mbappe «Barselona»da?

«Barselona» prezidenti Joan Laporta kelajakda «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolamoqchi.
Fransiyalik futbolchi «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi, biroq jurnalist Mario Torrexonning so‘zlariga ko‘ra, Laporta o‘z atrofidagilarga Mbappe bilan shartnoma imzolashga harakat qilishini aytgan.
— Laportaning Kilian Mbappeni «Real»dan tortib olmoqchi ekani xuddi Messini qaytarish g‘oyasi kabidir. Bu g‘alati va imkonsizdek, – dedi Torrexon.
Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi «PSJ» safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter