Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maykl Kerrik kutilmagan bayonot berdi

Maykl Kerrik kutilmagan bayonot berdi

«Manchester Yunayted» jamoasini vaqtincha boshqarib turgan Maykl Kerrik bugun klubda qolmasligi bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ole-Gunnar Sulsher jamoadan ketgach, o‘rniga vaqtinchalik Maykl Kerrik murabbiy etib tayinlangandi. Kerrik bilan 3 ta o‘yin o‘tkazgan «Manchester Yunayted» hozircha biror marta ham yutqazmadi.

YeChL guruh bosqichi 5-turi doirasida Ispaniyaga safar qilgan mankunianliklar «Vilyarreal»ni ishonchli tarzda (2:0) yenggan bo‘lsa, APLning 2 turida ham muhim ochkolarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, safarda «Chelsi» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, kecha o‘z uyida «Arsenal»ni mag‘lub etdi (3:2).

«Uzoq o‘ylab shu qarorga keldim, hozir jamoani tark etish uchun eng qulay vaqt. Barcha o‘yinchilar, xodimlarga rasman o‘z minnatdorligimni bildiraman. Bunday ajoyib insonlar bilan ishlash haqiqiy huzur bag‘ishlaydi. Men «Manchester Yunayted»ning muxlisi bo‘lganman va shunday qolaman, iloji boricha ko‘proq o‘yinlarga tushishga harakat qilaman», dedi Kerrik.

«Manchester Yunayted» jamoasini mavsum oxirigacha Ralf Rangnik bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi. U dekabr o‘rtalarida jamoaga qo‘shilishi kutilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring