Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson skeytbordda uchmoqchi bo‘ldi... (video)

Mayk Tayson skeytbordda uchmoqchi bo‘ldi... (video)

Videodan skrinshot

Boks afsonasi, sobiq jahon chempioni Mayk Tayson skeytborddan yiqilib jarohat olishiga sal qoldi. Yaxshiyam yaqinroqda kreslo turgan ekan...

Hot Boxing Podcast shousini suratga olish jarayonida 56 yoshli Tayson skeytbordga sakrab chiqqan, biroq muvozanatini yo‘qotib, orqaroqda turgan kresloga borib o‘tirib qolgan.

«Yaxshiyam kreslo bor ekan, aks holda hoverbordni o‘rganishdagi dahshat takrorlanardi», — dedi u.

21-sentyabr kungi intervyusida Mayk Tayson salomatligidagi muammolar oqibatida og‘riqlardan qiynalayotganidan shikoyat qilgandi. «Ba’zida radikulit (sobiq jahon chempioni beldumg‘aza radikulitiga chalingan) zo‘rayib qoladi. Shunday pallalarda gapirishgayam holim yetmaydi», — degandi Tayson.

Mayk Tayson 2005-yilda professional faoliyatiga nuqta qo‘ygan. Og‘ir vaznda 1987–1990-yillar davomida jahonning mutlaq chempioni bo‘lgan. 58 jang o‘tkazib, 50 marta g‘alaba (44 tasi nokaut) qozongan, olti marta mag‘lubiyatga uchragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring