Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson kuchi va tezligini yana bir bor ko‘rsatdi (video)

Mayk Tayson kuchi va tezligini yana bir bor ko‘rsatdi (video)

Foto: Instagram/miketyson

Amerikalik boks afsonasi Mayka Tayson so‘nggi paytlarda salomatligidagi muammolar sabab muxlislarini tashvishga solib qo‘ygandi. Ammo xavotirlar o‘rinsiz, «Temir Mayk» ringga qaytdi.

56 yoshli Tayson ringdagi mashg‘uloti videosini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joyladi. Ko‘rinib turibdiki, u hamon yosh bokschilar ham havas qilgulik kuch va tezlikka ega.

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson profi-ringdagi faoliyatini 2005-yilda yakunlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring