Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhurlarga osonmas, ayniqsa, Mayk Taysondek «og‘ir vaznli»larga (video)

Mashhurlarga osonmas, ayniqsa, Mayk Taysondek «og‘ir vaznli»larga (video)

Skrinshot

Mashhurlarga osonmas, ayniqsa, Mayk Taysondek «og‘ir vaznli»larga. Doim «xira pashshalar» bezor qilgani qilgan.

55 yoshli boks afsonasi samolyotda o‘zidan ortda o‘tirgan yo‘lovchini do‘pposlayotgan video paydo bo‘ldi. Voqea San-Fransiskodan Floridaga uchish arafasida yuz bergan.

Guvohlarga ko‘ra, Taysonning orqasida o‘tirib olgan mast yo‘lovchi hadeb uning jig‘iga tegavergan (bu videoda ham ko‘rinib turibdi). Oxiri sabr kosasi to‘lgan Tayson dilozorning yuziga bir necha marta musht tushirib, samolyotni tark etgan.

Tayson bilan o‘ynashish qanday tugashi — videoda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring