Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur bokschi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Mashhur bokschi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Foto: Chempionat.

Britaniyalik mashhur bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

«Men nihoyat ketishga qaror qildim. Tug‘ilgan kunimda men o‘zimga dedim: «Oq yo‘l». Men ushbu sayohatda men bilan bo‘lgan barchaga, ayniqsa rafiqam Perisga minnatdorchilik bildiraman», — deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, 24 aprel kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan boks oqshomining asosiy jangida WBC og‘ir vazn toifasi chempioni Tayson Fyuri hamyurti Dillian Uaytni mag‘lub etgandi. O‘sha jang uchun sportchilar 41 million dollar ishlab olishdi.

33 yoshli Fyuri professional faoliyatida 33 ta jang o‘tkazib, 32 ta g‘alabaga erishdi va ketma-ket ikki marta WBC chempionligini muvaffaqiyatli himoya qildi. U yana bir jangni durang bilan yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring