«Manchester Yunayted»ni kelgusi mavsumdan kim boshqarishi aniq bo‘ldi

Ayni paytda jamoani vaqtincha boshqarayotgan Ule-Gunnar Sulsher doimiy asosda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lishga yagona nomzod. Bu haqda «ESPN» xabar berdi.
Nashr yozishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati Sulsherni doimiy asosda bosh murabbiylikka tayinlamoqchi. Bu ish joriy mavsum tugashi bilan amalga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabrida Joze Mourino iste’foga chiqarilganidan so‘ng Sulsher uning o‘rnini egallagandi. Uning boshchiligida jamoa 12 marta g‘alaba qozondi, ikki marta durang qayd etib, bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi (Chempionlar ligasi, «PSJ»ga qarshi o‘yin).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter