«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisini sport direktori etib tayinlamoqchi

«Manchester Yunayted» sobiq himoyasi Rio Ferdinand jamoaga sport direktori sifatida qaytishi mumkin. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, klub ijrochi direktori Ferdinand bilan uchrashib, hamkorlik qilishni taklif qilgan.
Ta’kidlanishicha, hozir bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher bilan birgalikda klub transfer siyosatiga rahbarlik qiluvchi nomzod masalasi ko‘rib chiqilyapti.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasida 36-turdan so‘ng oltinchi o‘rinda ketyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter