«Manchester derbisi»da kimning imkoniyati yuqori?
Bugun, 3 iyun kuni Londonda Angliya Kubogi uchun «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» bahs olib boradi.
Angliya Kubogi. Final
«Manchester Siti» — «Manchester Yunayted»
London. «Uembli» stadioni. 19:00
«Manchester Siti» treblga intilmoqda. Pep Gvardiola jamoasi joriy mavsumda mamlakat chempioni bo‘ldi va bir haftadan so‘ng Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi. Ammo «Manchester Yunayted» ularning ambitsiyali rejalarga xalaqit berishi mumkin. Erik ten Xag shogirdlari bu mavsumda Liga kubogini qo‘lga kiritgan va Angliya kubogini sovrinlari qatoriga qo‘shishga intilmoqda.
Mutaxassislar «Manchester Siti»ni final favoriti deb hisoblashmoqda. Finalga qadar Gvardiola shogirdlari oldingi barcha uchrashuvlarda birorta ham gol o‘tkazmay (12:0 umumiy gollar hisobi, g‘alaba qozonib kelishdi. «Qizil iblislar»ning esa «Uembli»ga yetib kelishi biroz qiyinroq kechdi. Ayniqsa «Brayton» bilan o‘yinda hammasi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. «Manchester Yunayted» finalga chiqdi, lekin bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. Har ikki jamoaga ham kubok kerak va shuning uchun Angliya kubogi finali qizg‘in o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter