Mahmud Murodov bir necha soat ichida 5 kg vazn yo‘qotishi kerak
U tarozidan o‘tish marosimiga 20 soat qolganida 5 kilogramm ortiqcha vaznga ega ekani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonlik jang ustasi Mahmud Murodov 22 iyul kuni Londondagi UFC turnirida jang qiladi.
Braziliyalik Brayan Barberenaga qarshi jang oldidan ertaga vazn o‘lchash marosimi o‘tkaziladi. Ayni paytda Mahmud Murodov vazn yo‘qotish ishlari bilan band. Bu haqida u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
«Tayyorgarlikning oxirgi va eng qiyin bosqichi – bu vazn tashlash jarayoni. Alhamdulillah hammasi reja bo‘yicha ketyapti, biz jangga tayyormiz.
Vazn o‘lchash marosimiga 20 soat bor, hali 5 kg yo‘qotish kerak», — deya izoh qoldirdi Murodov Instagramdagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter