Magnus Karlsen «oltin dubl» qayd etdi
Samarqand shahrida rapid va blits shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Blits yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda norvegiyalik Magnus Karlsen 20 imkoniyatdan 16 ochko jamg‘arib, ushbu yo‘nalishda ham chempion bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq u rapid bahslarida ham jahon chempioni bo‘lgandi.
Hamyurtlarimizdan esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etdi. Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko to‘pladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter