«Real»ni yana bir yulduzi tark etadi
«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich Madridni tark etadi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma uch yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchi 120 million yevro oladi. Takidlanishicha, futbolchi Xorvatiya terma jamoasida o‘ynashni davom etishni va Yevro-2024da qatnashishni istamoqda.
Luka Modrichning «Real» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Avvalroq tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bo‘yicha kelishib olgani ma’lum qilingandi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda «Real» safida barcha turnirlar doirasida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Qirollik klubi»ni Benzema tark etishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter