Londonning «Arsenal»i JCh-2014 to‘purariga 60 mln. yevro taklif qildi
Kolumbiyalik hujumkor yarim himoyachi Hames Rodriges (hozir u «Bavariya»da) o‘z faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Kanonirlar 60 million yevrolik shartnoma taklif etishdi.
«Don Balon» nashri yozishicha, ingliz klubi 2014-yilgi jahon chempionatining to‘purari uchun 60 mln. yevro to‘lashga tayyor.
Rodrigesga tegishli huquqlar Madridning «Real» klubiga tegishli, biroq u 2017-yil yozidan Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surib kelyapti. Bu yilgi mavsumda uning o‘yin amaliyoti yo‘q hisobi: Bundisligada faqat beshta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Don Balon» kolumbiyalik imkon qadar Myunxenni tark etishga shoshilayotganini yozgan. Biroq oraga uning «Arsenal»ga o‘tishi masalasi tushgach, nemislar bilan ham, ispanlar bilan ham muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter