Lokomotiv — Bunyodkor o‘yinidan so‘ng Igor Yelich stadionda qallig‘ining qo‘lini so‘radi
![Lokomotiv — Bunyodkor o‘yinidan so‘ng Igor Yelich stadionda qallig‘ining qo‘lini so‘radi](https://static.xabaruz.com/crop/8/1/720_460_95_813767753.jpg)
Kecha, 23-sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2-bosqichining 24-turi doirasida «Lokomotiv» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi.
Bahs 2-1 hisobida «temiryo‘lchilar» foydasiga hal bo‘ldi. Uchrashuv yakunida stadionda qiziq holat yuz berdi. «Lokomotiv»ning serbiyalik futbolchisi Igor Yelich o‘yin yakunlangach, yashil maydonda qallig‘ining qo‘lini so‘radi, deb xabar bermoqda «Turon24».
«Lokomotiv» o‘yinchilari oldindan tayyorlab qo‘yilgan liboslarni kiyib olishdi. Unda serb tilida "Udaj se za mene" (Udaj se za mene, Menga turmushga chiq) deb yozilgandi.
Qiz sevinchdan ko‘zlariga yosh oldi. Va ko‘plab tomoshabinlar guvohligida qallig‘ining taklifini qabul qildi.
Bu Superligada yuz bergan birinchi qiziq holat emas. Avvalroq, Sho‘rtan-Ledi ayollar klubi a’zosi Uldona To‘xtayeva maydonda kelin-salom qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter