«Liverpul» «Bavariya»ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi
Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida «Bavariya» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi.
Angliyada o‘tgan ilk uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgani bois bu uchrashuvda mezbonlarni faqat g‘alaba qanoatlantirardi. Golli durang esa «Liverpul» foydasiga ishlardi. Shu bois myunxenliklar imkon qadar tashabbusga ega bo‘lishga harakat qilishdi.
Ammo hisob «Liverpul» tomonidan ochildi. Umuman, bu uchrashuvda faqat mehmonlar gol urdi, hatto «Bavariya» hisobiga yozilgan yagona gol ham Matip tomonidan o‘z darvozasiga urildi. Biroq bu gol ham mezbonlarga yordam bermadi va «Bavariya» so‘nggi 8 yilning badalida ilk bora YeChL chorak finaliga chiqa olmadi.
YeChL
1/8 final
«Bavariya» – «Liverpul» 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 39, avtogol Matip, 1:2 – 69 van Deyk, 1:3 – 84 Mane.
«Bavariya» – Noyer, Rafinya, Zyule, Xummels, Alaba, Martines (Goretska, 72), Alkantara, Gnabri, Xames (Sanshesh, 79), Riberi (Koman, 61), Levandovski.
«Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Veynaldum, Xenderson (Fabino, 13), Milner (Lallana, 87), Mane, Firmino (Origi, 83), Salax.
Ogohlantirishlar: Fabino (43), Matip (63), Alkantara (65), Sanshesh (83), Robertson (90).
Birinchi o‘yin – 0:0
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter