Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lionel Messi 81-jamoa darvozasini ishg‘ol qildi, lekin...

Lionel Messi 81-jamoa darvozasini ishg‘ol qildi, lekin...

Foto: «Eurosport.com»

Bugun, 21-fevral kuni «Barselona» futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turida o‘z uyida «Kadis» jamoasini qabul qilib oldi.

«Barcyelona» hujumchisi Lionel Messi «Kadis»ga qarshi kechgan o‘yinning 32-daqiqasida penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida, aniqrog‘i, 59-daqiqada maydonga tushgan Aleks Fernandes so‘nggi daqiqalarda penaltidan raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi va jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

 «Gracenote» xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Barselona» safida unga qarshi o‘ynagan 89 jamoadan 81 tasining darvozasini ishg‘ol qilgan.

«Barselona» — «Kadis» 1:1

Gollar: Messi, 32 — penalti (1:0); Aleks Fernandes, 89 — penalti (1:1).

«Barselona»: Mark-Andre ter Shtegen, Jordi Alba, Kleman Langle, Jerar Pike, Serjino Dest (Oskar Mingesa, 80), Pedri (Fransishku Trinkan, 75), Serxio Buskets (Miralem Pyanich, 65), Frenki de Yong, Antuan Grizmann (Martin Breytveyt, 65), Lionel Messi, Usman Dembele (Puch, 80).

«Kadis»: Xeremias Ledesma, Isaak Karselen, Markos Mauro, Fali, Alfonso Espino, Salvi (Xorxe Pombo, 63), Andre Garrido (Xose Mari, 59), Alberto Perea (Yens Yonsson, 76), Xayro (Aleks Fernandes, 59), Alvaro Negredo (Choko Losano, 59), Ruben Sobrino.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring