Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leytenant Nadiya Dusanova xalqaro gran-prida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Leytenant Nadiya Dusanova xalqaro gran-prida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 4-iyun kuni Xitoyning Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-pri turnirining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda vakillarmizdan Leytenant Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha (189 sm.) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Nigina Charipova 100 metrga yugurish bo‘yicha 11,79 soniya natija bilan 4-o‘rinni egalladi.

Yana bir Qurolli Kuchlar xizmatchisi Ruslan Qurbonov uch sakrash bo‘yicha 16,33 metr natija bilan 3-o‘ringa munosib topildi.

Reglamentga ko‘ra, 7-iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring