Laportaning uzridan so‘ng Messining fikri o‘zgardi
Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi kelasi yozda Kataloniyaga qaytishi mumkin. Uning fikri o‘zgarishiga «Barselona» prezidenti Xoan Laportaning argentinalik futbolchidan kechirim so‘ragani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jurnalist Joan Fontestning ma’lum qilishicha, Fransiyaning «PSJ» klubining 35 yoshli hujumchisi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng, avvalroq uzoq yillar to‘p surgan «Barselona»ga o‘tishga tayyor. Biroq hammasi Kataloniya jamoasi qanday taklif bilan chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Lionelning rafiqasi Antonella va ularning farzandlari ham Barselonaga qaytishni orzu qilishlari muhim omil bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, «Barselona» prezidenti Joan Laporta telefon orqali suhbatda argentinalik futbolchidan o‘z vaqtida jamoada olib qololmagani uchun uzr so‘ragan.
Hujumchi 2023 yilning yozida erkin agentga aylanadi, shuning uchun «Barselona» uni tekinga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter