Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

La Liga qaytmoqda. 28-tur o‘yinlari jadvali

La Liga qaytmoqda. 28-tur o‘yinlari jadvali

Foto: «Footballua.tv»

Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtab qolgan Ispaniya chempionati (La Liga) bugun, 11-iyundan (bizning vaqt bilan 12-iyun tungi soat 02:00 da boshlanadi) qayta start oladi.

«Katta tanaffus» futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazgani aniq. Albatta, bu ta’sir faqat salbiy ko‘rinishda bo‘lmasligi, futbolni sog‘ingan, jarohatlaridan forig‘ bo‘lgan o‘yinchilar ajoyib futbol-shoulari taqdim etishlarini kutib qolamiz.

Barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz stadionlarda o‘tkaziladi, buni bamisoli mehmonsiz to‘yxonaga o‘xshatish mumkin. Ammo shundan ham hikmat qidirib ko‘ramiz, minglab muxlislarning hayqirig‘i o‘rniga sevimli futbolchilarimizning baqir-chaqiri, to‘qqizlikka joylangan to‘pdan chiqqan ovozni eshitish — bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi.

Restart «Sevilya» — «Betis» chekiga tushgan (11-iyundagi yagona o‘yin, bizning vaqt bilan 12-iyun tungi soat 02:00 da boshlanadi).

Sershovqin futbol hademay qaytishiga umid bog‘lagan holda La Liganing 28-tur jadvaliga ko‘z tashlaymiz (barcha o‘yinlar o‘zimizning sana va vaqtda berilgan):

12-iyun

  • Sevilya — Betis, 02:00
  • Granada — Xetafe, 23:30

13-iyun

  • Valensiya — Levante, 02:00
  • Espanol — Alaves, 18:00
  • Selta — Vilyarreal, 21:00
  • Leganes — Valyadolid, 23:30

14-iyun

  • Malorka — Barselona, 02:00
  • Atletik — Atletiko, 18:00
  • Real Madrid — Eybar, 23:30

15-iyun

  • Real Sosedad — Osasuna, 02:00
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring