Kunni ikki kumush va bronza medal bilan boshladik
Baydarka va kanoechilarimiz ishtirokidagi bahslari boshlandi.
Birinchi bo‘lib 1000 metrga baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda startga chiqqan hamyurtimiz Shaxriyor Mahkamov ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi va delegatsiyamizga kumush medalni taqdim qildi.
Baydarka va kanoe bahslarining ikkinchi startida ham O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga medal yozib qo‘yilmoqda. 1000 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi dasturda Vladlen Denisov delegatsiyamizga yana bir kumush medalni taqdim qildi.
Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metrga kechgan bahsda yana bir medal qo‘lga kiritildi. Unda startga chiqqan Yekaterina Shubina hamda Arina Tanatmisheva juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter