Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi

Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Las-Vegasda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi.

Tantanali yopilish marosimida musobaqaning eng yaxshi qiz va yigit ishtirokchilari taqdirlandi. Qizlar o‘rtasida 64 kg vazn toifasida ikkita jahon rekordini o‘rnatgan va uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva turnirning eng yaxshi atleti deb topildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, qizlar o‘rtasida 64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritibgina qolmasdan, o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini ham o‘rnatgandi. Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 93 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etgandi.

Hamyurtimizga maxsus sovrinni Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Tamash Ayan topshirdi.

AQShdagi jahon chempionatida O‘zbekistondan yetti sportchi qatnashdi va ularning olti nafari shohsupaga ko‘tarildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring