Kubok Andijonga ketdi. Xalq banki musobaqasida chempion aniqlandi
Samarqand shahrida o‘tgan Boshqaruv Raisi kubogi-2019 musobaqasida Andijon viloyati filiali Amaliyot bo‘limi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ular finalda Buxoro viloyati Jondor tumani filiali jamoasini 3:1 hisobida yengishdi. Shu tariqa 1-o‘rin Andijon, 2-o‘rin Buxoro bo‘lsa, 3-o‘rinni Toshloq filiali (Farg‘ona) va Shayxontohur filiali (Toshkent sh.) jamoalari egallashdi.
G‘olib va turli nominatsiya bo‘yicha sovrindorlarga diplom, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Boshqaruv Raisi kubogi-2019, chorak final
- Jizzax - Andijon 1:2
- Samarqand - Toshkent sh. 1:2
- Buxoro - Qoraqalpog‘iston 3:1
- Farg‘ona - Namangan 2:1
Yarim final
- Andijon - Toshkent sh. 4:2
- Buxoro - Farg‘ona 0:0 (pen. ser. 3:2)
Final
- Andijon - Buxoro 3:1
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter