Krishtianu Ronalduning uyiga o‘g‘ri tushdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madeyra (Portugaliya) orolidagi uyini noma’lum kimsalar tunab ketishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Hodisa 7-oktyabr — chorshanba kuni ertalab yuz bergan. O‘g‘irlangan buyumlar orasida o‘yinchining dastxati tushirilgan Turin jamoasining futbolkasi ham bo‘lgan. Uyda yana nimalar yo‘qolgani haqida ma’lumot berilmagan. Mahalliy politsiya tergov harakatlarini boshlab yuborgan, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari jinoyatchi aniq tasvirlangan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganib chiqishdi. Ushbu ish bo‘yicha hali hech kim hibsga olinmadi.
Ronaldu joriy mavsumda Italiyaning A seriyasida ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik 35 yoshli futbolchi uchta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter