Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning navbatdagi qurboni. Samarqandlik bemor vafot etdi

Koronavirusning navbatdagi qurboni. Samarqandlik bemor vafot etdi

Samarqandlik A. shu yilning 27-may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1-iyun kuni «Covid-19» infeksiyasi  tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Shu yilning 1-iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring