Koronavirus. Olimpiada mash’alasini yoqish marosimi muxlislarsiz o‘tadi
12-mart kuni Gretsiyada Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun mash’ala yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi. Koronavirusdan himoyalanish maqsadadida ushbu tadbir muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.
Gretsiya Olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, tadbir Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasi vakillaridan iborat 100 kishilik mehmon bilan o‘tkazilishi rejalashtirgan.
Mash’ala estafetasini odatga ko‘ra gretsiyalik taniqli atletlardan biri boshlab beradi. Bunda qadimgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan stadionda alanga olgan mash’ala yunon sportchisi qo‘lidan mezbon tomonga taqdim qilinadi. Bu gal o‘q otish sporti bo‘yicha Rio Olimpiadasi chempioni va sovrindori gretsiyalik Anna Korakaki mazkur vazifani bajarib beradigan bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, mash’alaning ayol sportchi tomonidan yoqilishi birinchi marta kuzatiladi.
Shuningdek, ushbu tadbir bilan bog‘liq barcha jarayonlar ham muxlislar ishtirokisiz o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Gretsiyada 73 nafar insonda koronavirus bilan kasallanganlik holati aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter