Konor Makgregor uch yarim soatlik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi
Dastin Pore bilan jangda Konor Makgregorning oyog‘i sinib ketgan edi. Bugun Konor uch yarim soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, uning katta boldir suyagiga shtift o‘rnatilgan. Kichik boldir suyagi plastina va vintlar bilan fiksatsiya qilingan.
«Hozirgina operatsiyadan chiqdim. Jarrohlik amaliyoti mukammal o‘tkazildi. O‘zimni ajoyib his etyapman. Olti hafta qo‘ltiqtayoqda yuraman va ishga qaytaman. Ketdik!
Barcha qo‘llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Bu yovvoyi raund bo‘ldi, ikkinchi raundda nimalardir qilsa bo‘lardi. Lekin bizning biznes ana shunday o‘ziga xos. Oyoq suyagim sinib ketdi. Dastin, nohaq g‘alabani nishonlayver, lekin sen hech narsa qilolmading. Biz yana ko‘tarilamiz, tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo‘lib qaytamiz», dedi Makgregor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter