«Aloqa sohasi kubogi-2021»da poytaxtlik telekomchilar g‘olib bo‘ldi
Yigirma yildan ziyod vaqt davomida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda ta’sis etilgan mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun soha korxonalari o‘rtasida jamoalararo musobaqalar o‘tkazib kelinadi.
Musobaqalarning o‘tkazilishidan maqsad sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ichki turizmni rivojlantirish hamda musobaqa ishtirokchilarini respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda tarixiy qadamjolarga sayohatlarini uyushtirish ko‘zda tutilgan.
Soha xodimlari o‘rtasida an’anaga aylangan sport musobaqlarini o‘tkazish maqsadida 2021 yil 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tegishli qaror tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, dastlab Toshkent shahridagi aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida 15-22 sentyabr kunlari mini futbol (futzal) bo‘yicha “Saralash” va “O‘tish” turniri Muhammad al-Xorzamiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida yuqori saviyada o‘tkazildi.
“O‘tish” turnirida ishtirok etish uchun jami 16 ta korxona tomonidan talabnoma (buyurtma) va tegishli hujjatlar taqdim etildi. Qur’a tashlash natijasida jamoalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda bahs olib borishdi.
Musobaqalarda ilk bor IT-Park, Inha universiteti jamoalari ham qatnashishdi.
“O‘tish” turnirida “O‘zbektelekom” AK jamoasi Kubokni qo‘lga kiritib, kelgusi yili “Saralash” turnirida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
“Saralash” turnirida esa respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun 8 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi.
Yakunda sohaning kuchli futzal jamoalari — “O‘zbektelekom” AK “TShTT-1” filiali, AT “Aloqabank” va “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi” vakillari respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
“Saralash” va “O‘tish” turnirida ishtirok etgan 24 ta jamoaga nominatsiyalar bo‘yicha tegishli diplomlar, jami 240 nafar ishtirokchiga Tashkiliy qo‘mita tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hududlarda ham saralash musobaqalari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.
Mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma kubok uchun hududlararo musobaqalar jadvali
T/r |
Hudud (viloyat) nomi |
O‘tkazish joyi |
Respublika bosqichida ishtirok etadigan jamoa |
1-Hudud |
|||
1. |
Andijon |
Farg‘ona shahri
|
G‘olib jamoa - Farg‘ona |
2. |
Farg‘ona |
||
3. |
Namangan |
||
2-Hudud |
|||
1. |
Jizzax |
Jizzax shahri
|
G‘olib jamoa - Jizzax |
2. |
Sirdaryo |
||
3. |
Toshkent viloyati |
||
3-Hudud |
|||
1. |
Buxoro |
Navoiy shahri
|
G‘olib jamoa - Samarqand |
2. |
Navoiy |
||
3. |
Samarqand |
||
4-Hudud |
|||
1. |
Qashqadaryo |
Qarshi shahri
|
G‘olib jamoa - Qashqadaryo |
2. |
Surxondaryo |
||
5-Hudud |
|||
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Urganch shahri
|
G‘olib jamoa - Qoraqalpog‘iston |
2. |
Xorazm |
||
6-Hudud |
|||
1. |
Toshkent shahridagi kamida 16 ta jamoa “O‘tish” turniri |
Toshkent shahri
|
Uchta g‘olib jamoa – “TShTT”, “Aloqabank”, MTRK |
2. |
Toshkent shahridagi 8 ta jamoa “Saralash” turniri |
Va nihoyat, 4-7 oktyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport zalida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha ko‘chma kubok uchun “Aloqa sohasi kubogi-2021” Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Guruh va pley-off bosqichidagi shiddatli uchrashuvlardan so‘ng, hal qiluvchi final o‘yiniga sohaning kuchli jamoalari — “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali va AT “Aloqabank” jamoalari yetib kelishdi.
Ikki mahoratli jamoa vakillari final o‘yinida zalga yig‘ilgan muxlislarga chiroyli o‘yin namoyish qilib berishdi.
Uchrashuvni bevosita O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayev, musobaqa bosh hakami Tohir Iminov, TATU rektori Baxtiyor Mahkamov hamda o‘zbek futboli yulduzi Mirjalol Qosimov kuzatib borishdi.
Yakunda birinchi o‘rin va soha kubogi bir necha karra chempion — “TShTT” filiali futzalchilariga nasib etdi. AT “Aloqabank” jamoasi 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa – MTRK hamda Farg‘ona viloyati jamoalari loyiq ko‘rildi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Asror Ishanxodjayevlar musobaqa g‘olibi “TShTT” jamoasiga Ko‘chma kubokni topshirishdi va musobaqa ishtirokchilarini qutlab, ishlariga omad tilashdi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalar a’zolariga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter