Kike Seten tashkil qilgan jamoaviy kechki ovqatga «Barselona»ning ikki o‘yinchisi kelmadi
«Barselona»ning yangi bosh murabbiyi Kike Seten jamoa futbolchilari va xodimlari uchun kechki ovqat uyushtirdi, deb xabar berdi «Catalunya Radio».
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus ispaniyalik mutaxassisning o‘zidan chiqqan. Uning fikricha bu jamoani yanada ko‘proq birlashtirishga yordam beradi va futbolchilar hamda xodimlarning yaqin aloqalari klubning umumiy maqsadlariga erishishda yordam beradi.
Ushbu uchrashuvdan oldin Seten yopiq mashg‘ulot o‘tkazdi. Murabbiy, shuningdek, jamoa yetakchisi Lionel Messi bilan iliq gaplashgan va barcha futbolchilar yuqori kayfiyatda bo‘lgan. Kechki ovqatga ikki o‘yinchi kelmadi: yaqinda tizzasini operatsiya qildirgan Luis Suares va Qatarda jarohatini tiklayotgan Usmon Dembele.
«Barselona» 19 turda 40 ochko to‘plagan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter