Kecha o‘yin o‘tkazgan «Siti» bugun chempion bo‘ldi
Angliya chempionatining 34-turi doirasida kecha «Manchester Siti» klubi «Tottenxem»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z intervyusida jamoasining chempionligi keyingi turga qolgani, chunki «Manchester Yunayted» bu turda o‘z maydonida «Vest Bromvich»ga imkon bermasligini taxmin qilgan edi.
«Manchester Siti»ning bir qator futbolchilari ham chempionlikni keyingi turda nishonlash niyatida ekanini bildirishgandi.
Ammo ularning bir hafta kutishiga hojat qolmadi. Hozirgina yakunlangan «Manchester Yunayted» va «Vest Bromvich» uchrashuvida kutilmaganda mehmonlar kichik hisobda g‘alabaga erishishdi. Rodrigesning 73-daqiqada urgan goliga Mourino shogirdlari javob qaytara olmadi va shu tariqa «Manchester Siti» muddatidan oldin APL chempioni bo‘ldi.
Qaysidir jihatdan MYu o‘zining azaliy raqibi «Siti»ga oltin uchrashuv (chempionlik nishonlanadigan) o‘tkazishiga yo‘l bermadi. Gvardiola shogirdlari chempionlikni televizor qarshisida emas, maydonda nishonlashni ko‘proq istashgani aniq.
Qizig‘i, Mourino bu ishini «Real»da ustozlik davrida ham qilgandi. Kutilmagan mag‘lubiyat bilan «Barsa»ni oltin uchrashuvdan mosuvo qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter