Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karlush Keyrush O‘zbekiston termasiga nega kelmagani ma’lum bo‘ldi

Karlush Keyrush O‘zbekiston termasiga nega kelmagani ma’lum bo‘ldi

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan muzokaralar olib borgan va terma jamoa boshqaruvini aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘lga olishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etoib, Keyrush emas, argentinalik Ektor Kuper tayinlandi.

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovning «Turon24» agentligiga bergan intervyusida aytilishicha, Keyrush JCh-2018dan so‘ng narxini haddan tashqari oshirib yuborgan.

«Keyrush bilan gaplashilgan, lekin u jahon chempionatidan keyin narxini haddan tashqari baland qo‘yib olgan. U hattoki Eronga emas, Portugaliyaga borib oldi.

U aslida Eron terma jamoasidan ketib, O‘zbekistonga kelmoqchi bo‘lgan. Bu haqda avvalroq gaplashilgani va kelishilgani fakt. Ammo u kelishuvni buzgach, Kuper va boshqalar nomzodi ko‘rib chiqilgan», — dedi Hamidov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring