Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karlsen Samarqandda jahon chempioniga aylandi

Karlsen Samarqandda jahon chempioniga aylandi

Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen 26-28-dekabr kunlari Samarqand shahrida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Karlsen 13 raundda birorta mag‘lubiyatga uchramay (7 g‘alaba va 6 durang) 10 ochko jamg‘ardi.

Norvegiyalik avvalroq 2014, 2015, 2019 va 2022-yillarda musobaqa g‘olibi bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinni Sloveniya vakili sifatida qatnashgan rossiyalik Vladimir Fedoseyev egalladi. Uning hisobida 9,5 ochko (7 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 5 durang).

Uchinchi o‘rin xitoylik Yuy Yangiga nasib etdi – 9 ochko (5 g‘alaba va 8 durang).

Karlsen avvalroq Nodirbek Abdusattorov bilan durang o‘ynagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring