Nepomnyashiy ustidan qozonilgan g‘alaba tatimadi: Karlsen jahon chempioni unvonidan voz kechishga tayyor
Norvegiyalik shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Magnus Karlsen «qirollik»dan bezgan ko‘rinadi, u sportdagi va hayotdagi yangi istiqbollar uchun unvonidan voz kechishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda chempionlik unvonini navbatdagi marotaba munosib himoya qilgan Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashiyni 7,5:3,5 hisobida mag‘lub etgandi. Ko‘rinib turibdiki, hadeb chempion bo‘laverish unga oldingidek zavq bag‘ishlamayapti.
«Keyingi jahon birinchiligida ishtirok etishimni kutayotganlarning hafsalasi pir bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Ammo bu shaxmatdan ketayotganimni anglatmaydi. Agarda, masalan, navbatdagi raqibim Alirizo Firuzja bo‘lsa, bu meni qiziqtirishi aniq», — VG nashri Karlsendan iqtibos keltirmoqda.
«Firuzja o‘rniga boshqa odam da’vogarlar turnirida g‘olib chiqsa, navbatdagi shaxmat toji uchun kurashmasligim ham mumkin», — ta’kidladi chempion. Karlsen ijodiy salohiyati o‘zini ilhomlantiruvchi raqiblar bilan kurashishni istaydi.
Nepomnyashiy ustidan qozonilgan g‘alaba tatimadi. Bu turnir o‘z qobiliyatimni butkul namoyish etishga imkon bermadi. Natija zo‘r, biroq xatolarga yo‘l qo‘ydim, dedi Karlsen.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter