Karlos Teves kutilmagan sabab bilan futboldan ketdi
«Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Yuventus» klublari va Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Karlos Teves futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.
38 yoshli futbolchi o‘zini boqib olgan otasi Segundo Raymundoning vafotidan keyin futbol o‘ynay olmasligini bildirgan.
«Men rasman faoliyatimni tugatdim. Ko‘p joyga takliflar qilishdi, shu jumladan, AQShga ham. Lekin endi tamom, futbolga hamma narsamni berdim. O‘ynashdan charchadim, chunki men asosiy muxlisimdan ayrildim», degan Teves.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter