Kardiffda dahshatli yakun. Qo‘shimcha daqiqalarda ikkita penalti! (video)
Tasavvur qilish qiyin, 2018-yil hisobidan bunday dahshatli yakun bo‘lmagan edi. Voqea Angliyaning ikkinchi darajali ligasi – chempionshipda g‘oliblik uchun kurashayotgan ikki jamoa – «Kardiff» va «Vulverxempton» o‘rtasida 6 aprel tunida bo‘lib o‘tgan bahsda ro‘y berdi. Gap shundaki, o‘yin davomida 0:1 hisobida ortda borayotgan mezbonlar o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda ikki marotaba penaltidan hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo 94-daqiqada Gari Medinning zarbasini raqib posboni Jon Radi qaytargan bo‘lsa, ikkinchi penaltini 96-daqiqada Devid Xoylett ko‘kka sovurdi.
O‘yindan keyin «Vulverxempton» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu «Kardiff» ustozi Nil Uornokning qo‘lini siqib qo‘ymoqchi bo‘lganida Uornok xohlamadi. 1:0 hisobida g‘alaba qozongan «Vulverxempton» chempionshipda 89 ochko bilan birinchi, «Kardiff» 80 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter