Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karate musobaqasida janjal qilganlar jazolandi

Karate musobaqasida janjal qilganlar jazolandi

O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi musobaqa hakami Azizbek Bo‘riyevni 2 yilga hakamlik, Toshkent viloyati “Chempion” karate sport klubi treneri Dilshod Yusupov hamda Surxondaryo viloyati karate milliy federatsiyasi treneri Abdulaziz Ismatullayevni ikki yilga trenerlik faoliyatidan chetlashtirgan. Musobaqa bosh hakami Qosimjon Qoraboyevga hayfsan berilgan.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holat ishtirokchisi, karate bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar milliy terma jamoasi katta treneri hamda oliy toifali trener hisoblangan A.Bo‘riyevni Sport terma jamoalari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra ma’naviy-axloqiy va boshqa normalarni buzilgani sababli milliy terma jamoa tarkibidan chiqargan.

Esingizda bo‘lsa, 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tayotgan karate bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasida nizoli holat kelib chiqqan edi.

Unda A.Bo‘riyev, D.Yusupov va A.Ismatullayev o‘rtasida musobaqa yakuniy natijasi yuzasidan o‘zaro tortishuv kelib chiqqandi. Mazkur kelishmovchilik oqibatida biron-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring