Joshua va Ngannu o‘zaro jang uchun juda ko‘p pul ishlab olishadi
Shu yilning 9 mart kuni Saudiya Arabistonida navbatdagi boks kechasi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida mashhur bokschi Entoni Joshua UFC sobiq chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi.
Og‘ir vaznli jangchilarning ushbu jang uchun oladigan gonorarlari miqdori e’lon qilindi. Joshua 50 million dollar atrofida, Frensis Ngannu esa 20 million dollar atrofidagi pulga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Ngannu boksdagi ilk jangini Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi. U o‘shanda 10 million dollardan ko‘proq pul ishlab olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter