Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jokovich Federerning rekordini takrorladi

Jokovich Federerning rekordini takrorladi

Novak Jokovich.

Foto: «Eurosport»

Serbiyalik Novak Jokovich jahonning birinchi raketkasi maqomini 300 hafta saqlab turgan tarixdagi ikkinchi tennischiga aylandi. Bu haqda 21-dekabr kuni ATP ma’lum qildi.

Ayni paytda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi shveysariyalik Rojer Federer sanaladi: birinchi o‘rinda 310 hafta turgan. Jokovich 2021-yilning 8-martiga qadar maqomini saqlay olsa, Federerdan o‘tib ketadi.

Yetakchi beshlikda: Pit Sampras (286 hafta), Ivan Lendl (270) va Jimmi Konnors (268).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring