Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan futbolchi 4 yilga qamaldi

Jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan futbolchi 4 yilga qamaldi

Ispaniyaning «Selta» jamoasi hujumchisi Santi Mina jinsiy zo‘ravonlik qilishda aybdor deb topilgan va sud bugun uni 4 yillik qamoq jazosiga hukm etgan.

2017 yil 16 iyun kuni Mina do‘sti David Goldarning furgoniga kirgan, u paytda «Valensiya»da o‘ynardi. Furgonda bir ayol ham bo‘lgan. Mina qizning qarshiligiga qaramay, unga tajovuz qilgan.

Sud bugun futbolchini aybdor deb topgan va 4 yillik qamoq, 50 ming yevro tovon puliga hukm qilgan. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 12 yil davomida yaqinlashishi taqiqlangan.

Do‘sti Goldar, u ham futbolchi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Hozir unga nisbatan jinoyatning oldini olishda hech nima qilmagan degan da’vo kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring