JCh-2022: elchi Eronni Italiyaga almashtirishni so‘radi
Dominikaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi elchisi Paolo Dzampolli FIFA rahbari Janni Infantinodan Eron terma jamoasini jahon chempionatidan chetlatishni so‘radi. Forslar o‘rniga Italiya terma jamoasi Qatarga borgani ma’qul, dedi u.
Eron jamiyatidagi inqiroz global kun tartibdan o‘rin oldi. Futbolga bog‘liq tomonlari: ayollar stadionlarga kiritilmayapti, ayrim futbolchilar davlat tomonidan ta’qib qilinayotgani haqida xabarlar bor.
Dzampollining fikricha, «butun dunyo jahon chempionatida italyanlarning inglizlarga qarshi to‘p surishini orzu qiladi».
Eslatib o‘tamiz, Eron jahon chempionati finalining B guruhida Angliya, AQSh va Uels bilan bir guruhda o‘ynaydi. JCh yo‘llanmasini ololmagan Italiya esa mundialdan quruq qolgan jamoalar orasida reytingi eng balandi.
Eronlik ayrim futbolchilar ham (mamlakatdagi voqealar fonida) terma jamoani mundialdan chetlatishni so‘rashgandi. Endi esa ism-sharifi italyancha dominikanalik elchi shveysariyalik millatdoshidan Italiya terma jamoasigaga yo‘llanma bering, deyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter