Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. «Vikinglar» Argentina termasini «yopib» tashladi

JCh-2018. «Vikinglar» Argentina termasini «yopib» tashladi

Rossiyadagi jahon chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etadi. Argentina terma jamoasi o‘ziga xos nom qozongan Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va durangga erishdi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero ushbu o‘yinda gol urdi. Bu 30 yoshli futbolchi uchun jahon chempionatlaridagi birinchi gol bo‘ldi. Aguero bundan avval JCh-2010 va JCh-2014 musobaqalarida ishtirok etgan va 8 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq bu o‘yinlarda gol ura olmagan edi.

Shuningdek, Argentina yulduzi Lionel Messi o‘yinda belgilangan penaltini noaniq bajardi. Xullas bugun uning kuni emas ekan.

JCh-2018, 1-tur

Argentina – Islandiya 1:1

Gollar: 1:0 – 19 Aguero, 1:1 – 23 Finnbogason.

Argentina: Kabalero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.

Islandiya: Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring