Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018 ishtirokchilarining antiqa laqablari

JCh-2018 ishtirokchilarining antiqa laqablari

Foto: «Pinterest»

Yaqinlashib kelayotgan mundialda qatnashadigan terma jamoalarning laqablarini bilasizmi? «Shampionat.asia» nashri shu haqda ma’lumot berdi.

Rossiya. Rossiyalik muxlislar milliy termasini shunchaki «sbornaya» deb atashadi.

Braziliya. Jahon chempionatining eng sovrindor termasini «pentakampeonlar» deb atashadi.

Eron. Eronliklar o‘z jamoasiga «Milliy jamoa» («team melli»), «eronlik sherlar» («Iranian lions»), «sheryuraklar» («lion hearts») deb laqab qo‘yishgan.

Yaponiya. Ko‘k rang yaponlarning an’anaviy rangi bo‘lganligi uchun milliy termaga «ko‘k samuraylar» deb laqab to‘qishgan.

Meksika. «Uch ranglilar» («el Tricolor» yoki «el Tri»). Davlat bayrog‘ida uch: yashil, oq va qizil rangli yo‘laklar vertikal o‘tganligi uchun shunday nom qo‘yilgan.

Belgiya. «Qizil iblislar» («rode duivels», «diables rouges»).

Janubiy Koreya. Jamoani ancha vaqtdan buyon «Osiyo yo‘lbarslari» deb atab kelishmoqda.

Saudiya Arabistoni. «Sahro burgutlari».

Germaniya. Jamoaning laqabini yaxshi bilasiz. Amaldagi jahon chempionlarini «nemis mashinasi» («bundesmaschine») deb atashadi.

Angliya. «Three Lions» («uch sherlar»). Bu ramz davlatning deyarli barcha logotiplarida bor. Bu esa angliyaliklar uchun adolat ramzidir.

Ispaniya. Oldinlari ushbu termani «la roja» («qizillar») deb atashardi. 1920-yildan keyin esa bu laqab qadimni Rimning xudolaridan biri bo‘lgan «la furia roja» («qizil furiya»)ga o‘zgardi.

Nigeriya. «Afrika braziliyaliklari», «superburgutlar» («Super eagles») – davlatning futbol assotsiatsiyasida burgutning rasmi tasvirlangan. 1988 yilda Afrika kubogida kumush medallar qo‘lga kiritilganidan keyin ularni «yashil burgutlar» deb atay boshlashdi.

Kosta-Rika. «Los ticos». Bu «kosta-rikalik» so‘zining muomaladagi varianti.

Polsha. «Oq-qizillar» («biało-czerwoni»), «oq lochinlar» («białe orły»). Lochin Polshaning gerbida bor. Bu davlatning 1295-yildan buyon milliy ramzidir.

Misr. «Fir’avnlar» («الفراعنة»). Misrda fir’avnlar hukmronlik qilgani uchun.

Islandiya. «Bizning yigitlar» («Strákarnir okkar»).

Serbiya. «Oq burgutlar» («beli orlovi»). Davlat gerbida ikki boshli burgut tasvirlangani uchun.

Portugaliya. «Yevropa Braziliyasi» («selecção das quinas»). Shuningdek, jamoani mamlakatning gerbi sharafiga «besh shitli terma» deb ham atashadi.

Fransiya. «Ko‘klar» («les bleus»), «uchranglilar» («les tricolores») – jamoa libosining rangi va davlat bayrog‘i tufayli.

Urugvay. «Och havoranglilar» («la celeste»), «havorang olimpiyachilar» («la celeste Olímpica»).

Argentina. «Oq-havoranglilar», «albiseleste» («la Albiceleste»). Argentina bayrog‘i va milliy terma liboslari oq-havorangda bo‘lgani uchun.

Kolumbiya. «Qahvachilar» («los cafeteros»). Kofe – Kolumbiyaning mashhur tovari bo‘lgani uchun.

Panama. «Kanalchilar» («los canaleros») – davlat hududidan Tinch va Atlantika okeanini ajratib turuvchi kanal o‘tgani uchun.

Senegal. «Teranga sherlari» («les lions de la Teranga»). Senegal gerbida sher tasvirlangani uchun.

Marokash. «Atlas sherlari» («Atlas Lions»). Marokash gerbida orqa oyoqlarida turgan sherlar tasvirlangani uchun.

Tunis. «Karfagen lochinlari» («les aigles de Carthage»). Tunis futbol federatsiyasi logotipida lochin tasvirlangan. Karfagen esa qadimda Afrikaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan.

Shveysariya. «Nati» — «Swiss national team» so‘zining qisqartmasi bo‘ldi. Ayni damda termaning qisqagina laqabi «Nati» bo‘lib turibdi.

Xorvatiya. «Shashkachilar» yoki «shaxmatchilar» – terma liboslarining ko‘rinishiga ko‘ra.

Shvetsiya. «Tre krunur» («tre kronor») – Shvetsiyaning xalqaro ramzi uch toj bo‘lgani uchun.

Daniya. «Daniyalik dinamit» – 80-90-yillarda Daniya agressiv o‘yin namoyish qildi. 1992-yilda esa Yevro g‘olibiga aylandi. Shu boisdan termani shunday laqab bilan atay boshlashdi.

Avstraliya. «Sokkeruz» («socceroos») yoki «kengurular».

Peru. «Oq-qizillar» («la blanquirroja») – liboslarning ko‘rinishiga ko‘ra, «inklar» («incas») – o‘tgan mingyillikda yashagan qabila sharafiga Peru termasining shunday laqablari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring