Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2018. Ahmad Musa Islandiyani taslim qildi

JCh-2018. Ahmad Musa Islandiyani taslim qildi

Nigeriya terma jamoasi JCh-2018 D guruhi 2-turida Islandiya futbolchilari bilan to‘qnash keldi. Volgagrad shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Afrika qit’asi vakillari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va pley-off masalasini so‘nggi turga olib qo‘ydi.

Birinchi bo‘limda har ikki jamoa hujumkor harakat qilishgan bo‘lsa-da, gol urishga erisha olmadi. Uchrashuvda birinchi gol ikkinchi bo‘limda, ya’ni 49-daqiqada Musa kiritib jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan keyin Islandiya hujumga zo‘r berdi, biroq Musa 75-daqiqada dubl qayd etdi.

O‘yinda islandiyaliklar VAR tizimi yordamida penalti tepish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi, biroq Sigurdson to‘pni darvozadan yuqoriga tepib, imkoniyatni boy berdi.

Endi bu guruhda 2-o‘rin uchun 3 ta jamoa so‘nggi turda kurash olib boradi.

JCh-2018, 2-tur

Nigeriya – Islandiya 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 49 Musa, 2:0 – 75 Musa.

Nigeriya: Uzoxo, Trost-Ekong, Omeruo, Idovu (Ebuexi, 46), Balogun, Ndidi, Mozes, Etebo (Ivobi, 90), Obi Mikel, Musa, Ixeanacho (Igalo, 85).

Islandiya: Xalldoursson, Sigurdsson (Ingason, 65), Magnusson, Sevarsson, Arnason, Gunnarsson (Skulason, 87), Sigurdsson, Byarnason, Gislason, Finnbogason, Bedvarsson (Sigurdarson, 71).

Ogohlantirish: Idovu (44).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring