Keniya olimpiya terma jamoasi yurtimizga yetib keldi
![Keniya olimpiya terma jamoasi yurtimizga yetib keldi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_176342456.jpg)
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 va 26-mart kunlari vodiyda Keniya olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__UNbYaVRIlu8ZpyPkBRo9CHZlyPQq7YnV.jpg)
Keniyalik futbolchilar bugun, 21-mart kuni soat 07:15da Istambul orqali Toshkentga uchib kelishdi. Toshkent Xalqaro aeroportida keniyalik futbolchilarni O‘FA mas’ullari, muxlislar va OAV vakillari kutib olishdi. Keniya olimpiya terma jamoasi a’zolari shu kunning o‘zidayoq Andijonga yo‘l olishadi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/1/720__yU1DMKCnd3uFi_uAvBviqFmbkh2-VvNT.jpg)
23-mart kuni Andijondagi «Barkamol avlod» stadionida, 26-mart kuni esa Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida O‘zbekiston OTJ — Keniya OTJ o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har ikki uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter